Joriy yilning 31-yanvaridan 1-fevraliga o‘tar kechasi odatdagidek “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori talabalar turar joyida bo‘ldi
01.02.2026
Ushbu vaqt oralig‘ida TTJlarning umumiy holati, yashash va o‘qish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari bo‘ycha suhbat olib borildi. Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Talabalar turar joylari faoliyatiga o‘z hissasini beminnat qo‘shib kelayotgan 14 nafar TTJ sardorlarini hamda o‘z tashabbusi bilan xorijiy talabalarga matematika va informatika fanlarini o‘zlashtirishda muntazam yordam berib kelayotgan 10 nafar faol talabalarni munosib rag‘batlantirish belgilandi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 nafar talabaning, talabalar turar joyi uchun to‘lovlari universitet tomonidan qoplab berilishi belgilandi.
Universitet rektori B. Mirzayev har oyning so‘ngi shanbasidan yakshanbaga o‘tar kechasi talabalar turar joyida bo‘lishni va yoshlar bilan muloqot qilishni rejalashtirgan.