Oliy ta’limda innovatsion hamkorlik: sinergetik yondashuv asosidagi tajriba-sinov ishlari
31.01.2026
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Professional ta’lim” kafedrasi tayanch doktoranti Shovazova Olimaxon Adxam qizi ilmiy rahbari dotsent Muqumova Dilrabo Inatovna bilan hamkorlikda “Sinergetik yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi doirasida 2025-yil 18-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdi.
Tajriba-sinov jarayonlari universitetning “Iqtisodiyot va turizm” fakultetida 60410100 – Iqtisodiyot hamda 61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari davomida professor-o‘qituvchilar ishtirokida olib borildi hamda O‘quv-uslubiy ishlarni yangi ilmiy yondashuv — “sinergetik yondashuv” asosida tayyorlash rejalari bo‘yicha suhbat olib borildi. Tadqiqot doirasida 120 nafardan ortiq talaba respondent sifatida so‘rovnomalarda qatnashdi.
Tajriba mavzusi doirasida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, sinergetik yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning o‘quv jarayoniga faol jalb etilishini ta’minladi, guruhiy ishlash va o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirdi hamda mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish jarayonida metodik yondashuvlarni takomillashtirish imkoniyatini yaratdi.
"Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova axboroti
Universitet matbuot xizmati