Qimor o‘yinlariga yo‘q deymiz
31.01.2026
2026-yil 31-yanvar kuni universitetimiz 2-zalida “Ekologiya va huquq” fakultetining talabalari orasida “1xbet” va “kriptovalyuta” elektron o‘yinlariga aralashmaslik va uning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida fakultet dekani X.Pirmatov, Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Abdusamatov hamda universitet profilaktik inspektorlari F.Xamidov va B.Jo‘rayev profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib bordilar. Bukmekerlik o‘yinlari qimorga asoslangan bo‘lib, uzoq muddatda moliyaviy yo‘qotish, qarzdorlik, psixologik qaramlik va oilaviy muammolarga olib keladi. Kriptovalyuta o‘yinlari esa bozor beqarorligi, sarmoyani yo‘qotish va “tez boyish” xayoli tufayli vaqt hamda mablag‘ning zoye ketishiga sabab bo‘ladi. Har ikki holatda ham insonning ruhiy holati, ijtimoiy hayoti va kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday o‘yinlarga aralashish o‘rniga, bilimga, mehnatga va xavfsiz daromad manbalariga tayanish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.