Bitiruvchi kurs talabalari uchun Workshop tashkil etildi.

31.01.2026

#Ta`lim #Yangilik

"Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti" hamda "Kafil sug‘urta" AJ o‘rtasida imzolangan memorandumning dastlabki natijasi sifatida "Iqtisodiyot" fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun kompaniya mutaxassislari tomonidan Workshop tashkil etildi.

2026-yil 28-yanvar sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti bitiruvchi kurs talabalari bilan "Kafil sug‘urta" AJ sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida workshop tashkil etildi.

🎯Workshopdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarga sug‘urta sohasi, xususan moliyaviy xizmatlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida sug‘urta xizmatlarining ahamiyati haqida amaliy bilimlar berish, talabalarda ishga joylashishdan oldin talab qilinadigan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar olish, shuningdek,  bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

📊Uchrashuv davomida:

- "Kafil sug‘urta" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori Djanturaev Umid Muxammadyusupovich hamda kompaniya mutaxassislari talabalarga mamlakatimizdagi sug‘urta tizimining amaliy jarayonlari haqida ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari talabalar uchun sug‘urta sohasiga ishga joylashishda zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalar, hamda talabalar amaliyoti va stajirovka o‘tash jarayonlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🏅Kelajakda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti hamda "Kafil sug‘urta" AJ sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida talabalar bilan doimiy ravishda shunday workshop hamda amaliy seminarlar tashkil etish kelishib olindi.

✅Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.