“Suvloyiha” MChJ nomdor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi

31.01.2026

#Ta`lim #Yangilik

  Suvloyiha mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamiyatning nomdor stipendiyasi ta’sis etilgan.

  Mazkur stipendiya tanlovini tashkil etish “Suvloyiha” MChJning “Nomdor stipendiyalari to‘g‘risida”gi Nizomi asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu nizom talablariga muvofiq, stipendiya tanlovining universitet bosqichida ishtirok etish uchun bakalavriat va magistratura ta’lim bosqichlarida tahsil olayotgan 8 nafar iqtidorli talabalar tomonidan  hujjatlar kelib tushdi. 

  Tanlovni o‘tkazish bo‘yicha universitet rektorining tegishli farmoyishi bilan tuzilgan maxsus komissiya a’zolari tanlovga kelib tushgan hujjatlar batafsil o‘rganib chiqildi. 

  Tanlovning dastlabki bosqichida hujjat topshirgan talabalar bilan bilim va kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan suhbat-sinov jarayoni tashkil etildi. Suhbat davomida nomzodlarga sohaga oid savollar berildi, shuningdek, ularning mutaxassislik bo‘yicha bilimlari va amaliy tayyorgarligi baholandi.

  Bundan tashqari, maxsus komissiya tomonidan talabalar taqdim etgan hujjatlar bilan bir qatorda, ularning universitetdagi o‘quv, ilmiy va jamoat faoliyati ham har tomonlama tahlil qilindi.

  Tanlov natijalariga ko‘ra, 5 nafar iqtidorli talaba “Suvloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyatining nomdor stipendiyasi tanlovining navbatdagi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

  Mazkur tanlov iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

  Tanlovning navbatdagi bosqichiga o‘tgan talabalarni tabriklagan holda kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti