Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘lida muhim uchrashuv

31.01.2026

#Ta`lim #Yangilik

  Bugun, ya’ni 28.01.2026 yilda “O‘zbekgidroenergo” AJ tizimiga qarashli “Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasiga "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti TJAB kafedrasi mudiri O.J. Pirimov borib, tanishdi. U 3 kurs talabalarining amaliyot o‘tayotgan joylari bilan bevosita tanishib, o‘quv jarayonining tashkil etilishi va mavjud sharoitlarni o‘rgandi.

  Shuningdek, amaliyot jarayoniga jalb etilgan o‘qituvchilar bilan suhbatlashib, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida talabalar amaliyot davomida duch kelayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

  Tashrif yakunida nodavlat ta’lim muassasasi direktori B.S. Karimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusida bunday amaliyot mashg‘ulotlarini yanada kengaytirish, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni oshirish hamda hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.