Milliy libos — milliy iftixor

29.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2025-yil 21-yanvar 31-14-0-Q/25 Toshkent shahar hokimligi Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarori qabul qilingan edi. Mana bir yildirki, ushbu qaror asosida milliylikni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Shu munosabati bilan 2026 yil 29-yanvarda Yer resurslari va kadastr fakultetining talaba qizlari,atlas, adras matolar, kashtalar bilan bezatilgan xalqimizning boy madaniy merosini yaqqol aks ettirdilar.

  Milliy libos — bu shunchaki kiyim emas aslida qadriyatlarning jonli ifodasidir. Har bir milliy libosda ajdodlarimizning didi, dunyoqarashi, urf-odatlari va hayot tarzi mujassam. Shu bois milliy liboslarimiz bilan faxrlanish — bu o‘zligimizni anglash va e’zozlashdir.

  O‘zbek milliy liboslari o‘zining betakror bezaklari bilan ajralib turadi.

  Chunki milliy libos — bu o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi bebaho boylik, milliy g‘urur va iftixor ramzidir. Bugungi tadbirda ishtirok etgan barcha talaba qizlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

YRK fakulteti xotin- qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova