Karyera kuni tadbiri
29.01.2026
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar hamda tashkilotlarning kadrlar tayyorlash bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida bergan buyurtmasiga muvofiq Gidroenergetika, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida), Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari va Mexanika va matematik modellashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalari orasidan munosiblarini saralab olish, ish beruvchi, universitet va talaba o‘rtasida o‘qishni tamomlaganidan so‘ng ishlab berish sharti bilan talabaning ta’lim olishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchi tomonidan qoplab berishni nazarda tutuvchi uch tomonlama shartnoma tuzish va boshqa masalalarda Talabalar amaliyoti bo‘limi tomonidan tushunchalar berildi.
Tadbir davomida universitetining bitiruvchi talabalariga Kelajakka qadam markazi tomonidan PQ-61-son qarori doirasida seminar-trening o‘tkazildi, unda ishga joylashtirish, biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish va moliyalashtirish imkoniyatlari haqida amaliy ma’lumotlar berishdi.
“Teach for Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasasi xodimlari Berdiyeva Zarina hamda Inomjonov Yodgor tomonidan maktab ta’limi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish, xususan, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi hududlarda joylashgan umumta’lim maktablariga iqtidorli, bilimli va yetakchilik salohiyatiga ega yosh yetakchilar va mutaxassislarni o‘qituvchi sifatida jalb etishda 4-bosqich bakalavr talabalari hamda magistratura bosqichining bitiruvchi talabalari uchun tashkilot faoliyati, dastur imkoniyatlari hamda mavjud vakant ish o‘rinlari yuzasidan taqdimot o‘tkazishdi.
Talabalar amaliyoti bo‘limi axboroti