Joriy yilning 25–27-yanvar kunlari “New Talents” xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “YILNING XALQARO YULDUZLARI” nomli nufuzli xalqaro tanlovda universitetimiz “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari munosib ishtirok etdilar.
29.01.2026
#Rektordan
Tanlovning teatr yo‘nalishi bo‘yicha “Irrigator” jamoasi buyuk shoir va ijodkor Usmon Nosir hayotiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi bilan ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alaba — talaba-yoshlarimizning ijodiy salohiyati, sahna madaniyati hamda badiiy yo‘nalishdagi faoliyatining yana bir yorqin natijasidir.
Mazkur yutuq munosabati bilan jamoa a’zolarining xar biri pul mukofoti bilan munosib rag‘batlantirildi.