Amaliyot maydonida shakllangan kasbiy yetuklik
28.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorlari va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 60112400–Professional ta’lim (Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-bosqich 303-guruh talabalarini 2025/2026 O‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2025-yil l-dekabrdan 2025-yil 26-dekabrgacha pedagogik amaliyotini tashkil etish vazifasini bajarish maqsadida "Professional ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yarova Sevara Boxodir qizi talabalar pedagogik amaliyotiga rahbarlik qilib keldi. Pedagogik amaliyot "Zangiota agrotexnologiyalari" texnikumida olib borildi. Amaliyot o‘tash davrida talabalarda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni o‘tishga tayyorgarlik va o‘tkazish bo‘yicha asosiy kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirildi, kasbiy va pedagogik faoliyatni mustaqil bajarishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi.
Kuni kecha 22.01.2026 yil "Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova boshchiligida katta o‘qituvchisi S.B.Yarova va kafedra o‘qituvchilari "Pedagogik amaliyot" bo‘yicha talabalar hisobotlarini qabul qilishdi. Hisobotlarni qabul qilish jarayonida talabalarda ko‘nikma va malakalar shakllanganligi va bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-pedagogik qobiliyatlarini rivojlanganligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
“Professional ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Yarova axboroti
Universitet matbuot xizmati