"Oqsaroy Rezidensiyasi" yoxud Islom Karimov muzeyiga sayohat
28.01.2026
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari va ularga biriktirilgan turkmanistonlik faol talabalari bilan birgalikda joriy yilning 27-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Talabalar muzeyning eski nomi - "Oqsaroy Rezidensiyasi" bu yerda Islom Karimov bir paytlar siyosiy faoliyatini olib borganligidan xabardor bo‘lishdi. Hashamatli saroyda, muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zaliga tashrif buyurishdi. Talabalar muzey eksponatlari rezidensiya zallarida joylashganligini birinchi zalda fotosuratlar, hujjatlar va hatto prezidentning shaxsiy buyumlari joylashganligini ikkinchi xonada Islom Karimov asarlari to‘plamlari joylashganligini muzeyda shuningdek, smart ekranlar o‘rnatilgan, ularning yordami bilan Islom Karimov hayotidan qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishish mumkinligini majmua markazida piyodalar yo‘laklari va gul bilan o‘ralgan chiroyli bog‘ barpo qilinganligini saroy yonidagi balandlikda Islom Karimovning bronza haykali joylashganligini ko‘rishdi muzeyga tashrif buyurgan talabalar ajoyib xotiralar ila muzey tomoshasidan zavqlanishdi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova axboroti
Universitet matbuot xizmati