Giyohvandlikning oldini olish

28.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2026-yil 27-yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva, profilaktika inspektori Bobur Jo‘rayev, pedagog-tarbiyachi S.Muxrumboyeva va talaba-yoshlar ishtirokida “Talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda B.Jo‘rayev so‘zga chiqib, giyohvandlikni salbiy oqibatlari natijasida yoshlar o‘rtasida uchrab turgan muammolar bo‘yicha fikr bildirdi. Talaba-yoshlarga murojaat qilar ekan, bilim-tarbiya olishlari uchun universitetda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva axboroti