Yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot

26.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2026-yil 26-yanvar kuni “O‘zsuvta’minot” AJ bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Ekologiya va huquq” fakulteti hamkorligida “Yoshlarni eshitamiz” mavzusida suv ta’minoti tizimida ishlayotgan yosh mutaxassislar uchun ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu tadbirda “O‘zsuvta’minot” Aksionerlik Jamiyati raisi A.Suvankulov hamda “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov va “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri B.Abdullayev va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Soha tizimida ishlayotgan yosh mutaxassislar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi. Hozirda “O‘zsuvta’minot” AJ “Ekologiya va huquq” fakultetining “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” yo‘nalishi talabalarining amaliyotini hamda bitiruvchilarning davlat imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlar himoyasini hamkorlikda o‘tkazib kelmoqda. Kelajakda ushbu tashkilot bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.