Milliy libos - adras va beqasam

24.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  2026-yil 23-yanvar "TIQXMMI" MTU Yer resurslari va kadastr fakultetida “Milliy liboslar kuni” o‘tkazildi.

  Haftaning har juma kuni mamlakatimizda keng nishonlanib kelinayotgan “Milliy liboslar kuni” doirasida bugun "TIQXMMI" MTU Yer resurslari va kadastr fakultetida talabalar va professor-o‘qituvchilar milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan adras va beqasam liboslarda ishtirok etdilar.

  Ushbu tashabbus milliy merosimizni asrab-avaylash, yoshlar ongida milliy g‘urur va an’analarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy liboslar nafaqat xalqimizning boy tarixi va madaniyatini, balki uning betakror nafosati va go‘zalligini ham namoyon etadi.

  Milliy qadriyatlarimizga hurmat — kelajak avlod ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Fakultetimizdagi barcha kafedralar faol ishtirok etdilar.

Yer resurslari va kadastr fakulteti