Bugun 23-yanvar kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi” da bo‘ldi.

23.01.2026

#Rektordan

  Uchrashuv doirasida rektor markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalarini sertifikatsiyalash hamda sinovdan o‘tkazish jarayonlari, zamonaviy laboratoriyalar va sinov infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

  Shuningdek, kelgusida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan birgalikda ilmiy-innovatsion ishlanmalar, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari hamda moddiy-texnik bazaning bugungi holati yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

  Uchrashuv davomida oliy ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish, QXM fakulteti talabalari, magistrantlari va doktorantlari va yosh tadqiqotchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 

  Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusida istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab oldilar.