"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayevning munosabati

24.01.2026

#Rektordan

“Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning konstruktiv va mas’uliyatli tashqi siyosatini yana bir bor namoyon etdi. Tinchlik kengashi Nizomini imzolash hamda ushbu tuzilma faoliyatida ta’sischi davlat sifatida ishtirok etishga tayyorlik bildirilgani mamlakatimizning mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va barqaror taraqqiyotga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi.


"TIQXMMI" jamoasi sifatida biz ushbu yo‘nalishni yuksak qadrlaymiz va tinchlikparvar g‘oyalarni ta’lim, ilm-fan hamda innovatsiyalar orqali qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyormiz.”


Bahodir Mirzayev - “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, Mahalliy Kengash Deputati