Giyohvandlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash
23.01.2026
2026 yilning 23 yanvarida TIQXMMI MTU Yer resurslari va kadastr fakultetida “Giyohvandlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash” to‘g‘risida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga Toshkent shahar IIBB xodimi- J.Umarov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani o‘rinbosari S.Xikmatullaev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va talabalar qatnashdilar.
J.Umarov so‘zga chiqib, bugungi kunda giyohvandlik insoniyat hayoti, ayniqsa yoshlar kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan eng xavfli illatlardan biri hisoblanishini, u inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, jismoniy va ruhiy tanazzulga olib kelishini va hayotga bo‘lgan ishonch - maqsadlarni so‘ndirib qo‘yishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Undan tashqari giyohvandlik ta’sirida turli xil jinoyatni sodir etadilar.
Shu bois, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlar ongini oshirish, profilaktik suhbatlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va treninglar tashkil etish orqali ushbu illatning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, giyohvandlik — nafaqat bir inson, balki butun jamiyat uchun fojia hisoblanadi. Har bir inson o‘z sog‘ligi, obro‘-e’tibori va kelajagi uchun mas’ul ekanini anglab, sog‘lom hayot yo‘lini tanlashi lozim.
YER resurslari va kadastr fakulteti