Ichki tartib-intizom

23.01.2026

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  “TIQXMMI”- Milliy tadqiqot universitetida 6–7-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur uchrashuvda “Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘yicha prorektor R.Choriyev, fakultet dekani J. Ishchanov, dekan o‘rinbosari O. Ro‘ziboyev, Universitet profilaktika inspektori F. Xamidovlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda talabalarga talabalar turar joylarining ichki tartib-qoidalari, yashash madaniyati, jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalari, sanitar- gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, "Odob-axloq” kodeksida belgilangan tartiblarga amal qilish yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

  Talabalar turar joyida tozalikka va shartnomada ko‘rsatilgan barcha talablarga doimiy ravishda rioya qilish zarurligi haqida yana bir bor ta’kidlab o‘tildi. O‘tkazilgan uchrashuv talabalar bilan ochiq muloqot tarzida bo‘lib , ularni qiziqtirgan savollarga mas’ul rahbarlar tomonidan tegishli javoblar berildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

Universitet Matbuot xizmati