Talabalar amaliyoti–tajribalar hamkorligi

23.01.2026

#Ta`lim #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi "Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining Ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3151-sonli, 2021-yil 10-dekabrdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorlari va yo‘l xaritasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Yer resurslari va kadastr” fakultetining 60112400—Professional ta’lim ( yer kadastri va yer tuzish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-bosqich 314 va 315 guruh talabalarini 2025/2026 o‘quv yilida o‘quv jarayoni grafigiga asosan 2025-yil l-dekabrdan 2025-yil 26-dekabrgacha pedagogik amaliyotini tashkil etish vazifasini bajarish maqsadida "Professional ta’lim” kafedrasi dotsenti Sadikova Firuza Maxmudjanovna talablar pedagogik amaliyotiga rahbarlik qilib keldi. Pedagogik amaliyot "Toshkent geodeziya va kartografiya" texnikumida olib borildi. Amaliyot o‘tash davrida talabalarda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni o‘tishga tayyorgarlik va o‘tkazish bo‘yicha asosiy kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirildi, kasbiy va pedagogik faoliyatni mustaqil bajarishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rildi.

  Kuni kecha 21.01.2026 yil "Professional ta’lim" kafedrasi mudiri D.I.Muqumova boshchiligida dotsent F.M.Sadikova va kafedra o‘qituvchilari "Pedagogik amaliyot" bo‘yicha talabalar hisobotlarini qabul qilishdi. Hisobotlarni qabul qilish jarayonida talabalarda ko‘nikma va malakalar shakllanganligi va bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-pedagogik qobiliyatlarini rivojlanganligi namoyon bo‘ldi.

"Professional ta’lim" kafedrasi dotsenti F.M.Sadikova

Universitet matbuot xizmati