"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 ro‘yxatida!

23.01.2026

#Reyting #Yangilik

  Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education reyting tashkiloti 2026-yil uchun “World University Rankings 2026 by Subject – fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi.

➖ "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining tabiiy fanlar, matematika va statistika – 301-400, shuningdek, muhandislik fanlari bo‘yicha – 401-500;

  Ma’lumot uchun, “Times Higher Education” fanlar bo‘yicha jahon universitetlarini 11 ta asosiy yo‘nalish, 148 ta fan kesimida baholaydi.

  Bu natijalar so‘nggi yillarda muhandislik, axborot texnologiyalari, aniq va tabiiy fanlar rivojiga qaratilgan tizimli e’tiborning amaliy samarasi bo‘lib, O‘zbekiston oliy ta’limi xalqaro maydonda tobora mustahkam o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.