Faol talabalar taqdirlandilar
23.01.2026
Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-kurs Geodeziya va geoinformatika yo‘nalishi 101, 102 va 103 guruh talabalari bilan 2025 yilni 28-oktyabr kuni ko‘chma amaliy dars tashkil etilgan edi. "TIQXMMI"-Milliy tadqiqot universiteti kafedra dotsenti O.Ro‘ziqulova bilan birga darsdan keyin Toshkent relyefli-landshaftli globusiga sayohat uyushtirgan edilar. Tabiiy geografiya fanidan Yer tabiatini hamda Yerdagi qonuniyatlarni yaqindan obrazli-modelli, ko‘rgazmali o‘rganish va faoliyatlarida qo‘llash maqsadida O‘zbekiston milliy universitetini Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida bo‘lgandilar. Relefli landshatli Toshkent globusi haqida eshitmagan odam topilmasa kerak. Geodeziya, kartografiya va kadastr sohalarida olgan bilimlarini hamda dunyoqarashini oshirish uchun ekskursiya tashkillashtirilgan edi.
O‘tkazilgan ekskursiyaning amaliy ahamiyatini oshirish maqsadida 2 haftadan so‘ng “Tabiiy geografiyani o‘rganishda Relyefli Toshkent globusini o‘rni” mavzusida guruhlar o‘rtasida bilimlar musobaqasi o‘tkazilgan edi. Bu orqali sayohatlarni amaliy ahamiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Ko‘chma amaliy dars professor M.Mirakmalov tomonidan olib borilib, Relyefli-landshaftli Toshkent globusidan olgan bilim va ko‘nikmalaridan keyin, Yerdagi qonuniyatlarga amal qilishga chaqirildi.
Bugun shu fandan yakuniy nazorat o‘tkazilganidan so‘ng, bilimlar bellashuvida faol qatnashgan hamda fanni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar Yer resurslari va kadastr fakulteti dekanatini TASHAKKURNOMALARI bilan taqdirlandilar. Taqdirlashda fan o‘qituvchisi dots. O.Ro‘ziqulova, guruh murabbiysi M.Turg‘unova hamda S.Xikmatullayev, G.Aminovalar qatnashdi. Talabalarni keyingi o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ma’lumotlar geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti O.Ro‘ziqulova hamda Universitet Matbuot kotibi tomonidan tayyorlandi.