Yil hisobi
26.12.2025
Joriy yilning 25-dekabr kuni soat 11:00 da “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor - o‘qituvchilarining yil yakunlari bo‘yicha hisoboti bo‘lib o‘tdi.
Fakultet dekani Q.Shavazov yil yakunlari 2025 - yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilib hisobot berdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Sh.Shokirov 2025-yilda amalga oshirilmagan ishlar bo‘yicha tanqidiy fikrlarini bildirib, 2026-yil bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha so‘z olib bordilar. Bunda ilmiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni universitet rahbariyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini va doimiy ravishda amaliy yordam berib turishlarini ta’kidlab o‘tdilar. Professor - o‘qituvchilar o‘zlarini salohiyatidan kelib chiqib, barcha tajribalaridan foydalangan holda bugungi davr talabi bo‘yicha dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borishlarini aytdilar va 2026-yil yanada bor imkoniyatlaridan foydalangan holda fakultet reytingni yuqoriga ko‘tarishlari bo‘yicha aytib o‘tdilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati