Fakultetda yil yakunlari bo‘yicha hisobot
24.12.2025
Joriy yilning 23 - dekabr sanasida “TIQXMMI” MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti professor - o‘qituvchilarining yil yakunlari bo‘yicha hisoboti bo‘lib o‘tdi. Ta’lim tizimida yoshlarni har tomonlama yuksalishiga nisbatan qo‘yayotgan eng muhim talablardan biri, layoqatli, ijodiy va mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qiladigan o‘quvli mutaxassislarni tarbiyalashdan iboratdir.
Fakultet dekani J. Ishchanov yil yakunlari 2025 - yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qilib hisobot berdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Sh.Shokirov va “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani J. Ishchanov “TIQXMMI” MTU rektorining 2025-yil 28 - noyabrdagi 93/f farmoyishiga asosan, “Gidromelioratsiya” fakulteti kafedralarida ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish yuzasidan 2025 - yilda bajarilgan ishlari bo‘yicha fakultet professor-o‘qituvchilari, hamda har bir fakultetga qarashli kafedralar turli nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi va ularga sertifikatlar topshirildi.
Uchrashuvda 2025 - yil yakunlari bo‘yicha universitetimiz ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishda fidokorona mehnatlari uchun rahbariyat tomonidan taqdirlandilar.
Universitet matbuot xizmati