Sian texnologiya universiteti talabalarining muvaffaqiyatli yakunlovi

24.12.2025

#Ta`lim #Yangilik

  “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetining “Gidravlika va Gidroinformatika” kafedrasida Sian Texnologiya Universitetining bir guruh doktorantlari va magistrantlari stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar. 

  Yakunlash tadbirida universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Shokirov hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida bir piyola choy ustida davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbir yakunida xitoylik doktorant va magistrantlarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

  Sian Texnologiya Universiteti doktorantlari va magistrantlari nomidan Liu Guodong so‘zga chiqib, stajirovkani tashkillashtirishda ko‘rsatgan amaliy ko‘magi uchun universitet rahbariyati va kafedra mudiri hamda professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Universitet matbuot xizmati