Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari aniqlandi.

23.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida, 9-dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan oliy ta’lim muassasasida “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bir qator ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi.

  Mazkur tanlovlar yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyatini shakllantirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib etishga qaratildi. Tanlovlarda faol ishtirok etgan talabalar orasidan quyidagi sovrindorlar aniqlandi.

1. “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi g‘oliblari:

  • • I o‘rin — “Ekologiya va huquq” fakulteti, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, II-bosqich, 208-guruh talabasi Mizrobova Rushana Ravshanovna
  • • II o‘rin — “Ekologiya va huquq” fakulteti, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, II-bosqich, 205-guruh talabasi Askarov Amir Bayrambayevich
  • • III o‘rin — “Energetika” fakulteti, Mexatronika va robototexnika ta’lim yo‘nalishi, III-bosqich, 310-guruh talabasi Yarlaqabov Sherzod Qo‘ziboy o‘g‘li

2. “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

  • • I o‘rin — “Gidromelioratsiya” fakulteti, Suv xo‘jaligi va melioratsiya ta’lim yo‘nalishi, I-bosqich, 102-guruh talabasi Abdug‘affarova Risolat Muzaffar qizi
  • • II o‘rin — “Iqtisodiyot” fakulteti, Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi, I-bosqich, 111-guruh talabasi Jumaboyev Jaloliddin Davlatiyor o‘g‘li
  • • III o‘rin — “Ekologiya va huquq” fakulteti, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, IV-bosqich, 406-guruh talabasi Muminova Muxlisa Latif qizi

3. Korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovi g‘oliblari:

  • • I o‘rin — “Iqtisodiyot” fakulteti, Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi, IV-bosqich, 408-guruh talabasi Yuldosheva Umida Baxrom qizi
  • • II o‘rin — “Ekologiya va huquq” fakulteti, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, II-bosqich, 207-guruh talabasi Omonullayeva Muxtabar Shamsiddinovna
  • • III o‘rin — “Ekologiya va huquq” fakulteti, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, IV-bosqich, 404-guruh talabasi Xudoyberdiyev Xumoyunbek Xabibulla o‘g‘li

  Tanlov g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tadbir yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.