Yilning faol ustozlari
23.12.2025
Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimida yoshlarni har tomonlama yuksalishiga nisbatan qo‘yayotgan eng muhim talablardan biri, layoqatli, ijodiy va mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qiladigan o‘quvli mutaxassislarni tarbiyalashdan iborat. Zero, bugungi globallashuv davrida yuksak texnologiyalarni boshqarishga layoqatli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo‘lar edi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor prof. Sh.Shokirov va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani PhD., dotsent A.Inamovlar boshchiligida “TIQXMMI” MTU rektorining 2025-yil 28 noyabrdagi 93/f farmoyishiga asosan “Yer resurslari va kadastr” fakulteti kafedralarida ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish yuzasidan 2025 yilda bajarilgan ishlari bo‘yicha fakultet professor-o‘qituvchilar ishtirokida yakuniy tahliliy hisobot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2025 yil yakunlari bo‘yicha “Yer resurslari va kadastr” fakultetida bir qancha professor-o‘qituvchilari “Oliy matematika” kafedrasi professori T.Ergashev., “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi katta-o‘qituvchisi Z.Xafizova., “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi mudiri b.f.n. dosent O.Xaqberdiyev, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi PhD., dosenti O‘.Islomov va “Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri PhD., dosenti Z.Mamatqulovlar universitetimiz ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishda fidokorona mehnatlari uchun rahbariyat tomonidan taqdirlanishdilar.
PhD., Dotsent O‘tkir Islomov Pirmetovich axboroti