"O‘qitish nazariyasi va metodikasi" kafedrasida seminar-trening

22.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

2025-yil 20-dekabr kuni universitetimiz "O‘qitish nazariyasi va metodikasi" kafedrasida British Council vakili Nodira Isamukhamedova seminar-trening tashkil qildi. 

Seminar davomida PRESETT dasturi doirasida reflektiv amaliyotni ta’lim jarayoniga joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy uzluksiz rivojlanishi (CPD) hamda o‘zaro dars kuzatuvi (peer observation) orqali ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Trening interaktiv mashg‘ulotlar asosida olib borildi.

Mazkur seminar professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qildi.

Universitet matbuot xizmati