Universitetda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
20.12.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida universitet faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar almashildi.Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.