SANY HEAVY INDUSTRY CO., LTD - «SANY GROUP» ning O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo hududidagi rasmiy vakili «SANY AUTOMOBILE MANUFACTURING CENTRAL ASIA» xorijiy kompaniyasiga tashrif
17.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qaroridagi vazifalarni bajarish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2025 yil 17 dekabr kuni “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” magistratura mutaxassisligi magistrantlari hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Sany Heavy Industry Co., Ltd - «SANY GROUP» texnikalar ishlab chiqaruvchi zavodlarining O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo hududida rasmiy vakili hisoblangan «SANY AUTOMOBILE MANUFACTURING CENTRAL ASIA» xorijiy kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
Sany Heavy Industry Co., Ltd. keng ko‘lamdagi mashina va texnologik jihozlar: ekskavator, avtogreyder, beton qorish, tashish, yuqoriga uzatish mashinalari, turli turdagi kranlar, qoziq qoqish, quduq qazish, maxsus yuk avtomobillari, yo‘l qurilishi, tog‘-kon tizimi va boshqa sohalar uchun uchun qator texnikalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Sany Heavy Industry beton uchun tizimli mashinalar ishlab chiqarishda dunyo miqyosida yetakchilardan, uning ekskavatorlari, yuqori tonnajli kranlari hamda yo‘l qurilishi texniklarlari esa dunyo bozorida salmoqli ulushga ega hisoblanadi. U Industry 4.0 konsepsiyasiga muvofiq intellektual ishlab chiqarishni rivojlantirish, barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash va samaradorlikni oshirish uchun yangi texnologiyalar, energetika sohasining yangi yo‘nalishlarini tatbiq etish, immersiv texnologiyalar orqali jozibadorlikni oshirish kabi yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etish sohasida keng ko‘lamda ishlar olib bormoqda.
Tadbir davomida «SANY AUTOMOBILE MANUFACTURING CENTRAL ASIA» xorijiy kompaniyasining direktori o‘rinbosari Jang Sidao, bosh menedjer G‘olib Husanov, menejer Jamila Tajibayeva, servis guruh injeneri Sayfiddin Sayfiyevlar “SANY” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelinayotgan texnikalar, qo‘llanilgan yangi innovatsion yechimlar, texnikalarga servis xizmatini tashkil etish yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tashrif davomida servis markazi hamda kompaniyaning o‘quv markazi faoliyati bilan tanishildi.
Magistrantlar tomonidan ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javob tariqasida suhbat o‘tkazildi va yosh mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Kompaniya va universitet o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar, o‘quv mashg‘ulotlari, malaka oshirish hamda ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish, uning tarkibiga qator ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash sohasida rejalar belgilab olindi.
GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti