Qurilish muhandisligi yo‘nalishida dolzarb muammolarga bag‘ishlangan mahorat darslari tashkil etildi
17.12.2025
2025-yil 16-dekabr kuni Toshkent davlat transport universitetining “Qurilish muhandisligi” fakulteti “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetimiz “Qurilish muhandisligi” kafedrasi bilan hamkorlikda talabalarga muammoli mavzularga qaratilgan mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur mahorat darslarida texnika fanlari doktori, professor A.X.Abdujabarov, PhD dotsentlar M.K.Muzaffarova, P.A.Begmatov, Sh.A.Tadjibayev hamda M.H.Mehmonovlar ishtirok etib, “Qurilish muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi 208-guruh va “Gidroenergetika” ta’lim yo‘nalishi 204-guruh talabalari bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Mahorat darslari davomida qurilish va transport infratuzilmasi sohasida ishlab chiqarishda uchrayotgan dolzarb muammolar, ularning ilmiy-texnik yechimlari, zamonaviy muhandislik yondashuvlari hamda amaliy tajribalarga asoslangan tavsiyalar muhokama qilindi.
Tadbir talabalarda muammoli vaziyatlarga ilmiy asosda yondashish, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.
Mazkur mahorat darslari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning kasbiy bilim va kompetensiyalarini oshirish hamda ularni kelajakdagi muhandislik faoliyatiga puxta tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Universitet matbuot xizmati