“Muallim” filmi talabalar nigohida

17.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Joriy yil 16-dekabr kuni ssenariy muallifi va kinorejissyor Samid Xonning “Muallim” badiiy filmi “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 2-bosqich talabalarga namoyish qilindi. Mazkur filmda talaba yoshlar o‘qituvchi tomonidan har bir inson uchun kamolga yetishish, katta hayotda o‘z o‘rnini topishda beradigan bilimi, ta’lim va tarbiya berishdagi kechinmalari haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. Ushbu film namoyishida talaba yoshlar har bir insonning jamiyatdagi o‘rni, ma’naviy qadriyatlar, insonparvarlik g‘oyalariga oid muhim mazmunlar bilan tanishdilar.

  Mazkur film namoyish talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘ribosari A.I.Azimov axboroti

Universitet matbuot xizmati