Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik amaliy jarayonlari
16.12.2025
2025-yil 16-dekabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ingliz tili” kafedrasi o‘qituvchilari Feruz Karimov va Shahnoza Temurbekova Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 1-IDUMga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif maktab o‘quvchilarini oliy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishtirish, ularning kelgusidagi ta’lim va kasb tanloviga yo‘naltirish hamda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv jarayonida kafedra o‘qituvchilari 11-sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot olib borib, tashrif doirasida ingliz tili fanidan namunaviy dars o‘tkazildi. Dars interaktiv usullar va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. O‘quvchilar mashg‘ulotda faol ishtirok etib, topshiriqlarni qiziqish bilan bajardilar.
Bunday uchrashuvlar hamkorlikning amaliy jarayoni bo‘lib, o‘quvchilarning oliy ta’limga intilishini kuchaytirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ingliz tili” kafedrasi axboroti
Universitet matbuot xizmati