“Lider qizlar va qizlarjon klubi”ning hisoboti

16.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy

2025 yil 16-dekabrda Yer resurslari va kadastri fakultetida Lider qizlar va Qizlarjon klubining”hisoboti tadbiri bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Z. Ismailova, Fakultet dekani o’rinbosarlari S.Abduraxmonov, S.Xikmatullaev, dekan maslahatchilari Z. Xafizova,

E. G’aniboeva, CH. Oxunboboeva hamda talaba qizlar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbirni Yer resurslari va kadastr fakultetining dekan o’rinbosari S.Abduraxmonov so’zga chiqib ochib berdi. Shundan sung “Lider qizlar” klubi rahbari R. Rasulovaning 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisoboti tinglandi.

Hisobot davomida klub faoliyati doirasida yil mobaynida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, treninglar, uchrashuvlar hamda faol va iqtidorli qizlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar atroflicha yoritib berildi.

Shuningdek, klub a’zolarining ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish va xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar alohida ta’kidlandi.

Yakunida erishilgan natijalar muhokama qilinib, kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar va rejalar belgilab olindi . Tadbir davomida “Lider qizlar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan turli xil milliy va zamonaviy pishiriqlar, ijodiy ishlar va qo’l mehnati namunalaridan iborat ko’rgazmalar, shuningdek, tarbiyaviy-ma’naviy mazmundagi sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir yakunida xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi

Z. Ismailova so’zga chiqib, qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish, yetakchilik qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.

SHuningdek, u “Lider qizlar” va “Qizlarjon” klublari faoliyatini ijobiy baholab, yil davomida faol ishtirok etgan talaba qizlarga minnatdorlik bildirdi hamda kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Ushbu chiqishlar orqali qizlarning ijodkorligi, tashabbuskorligi va jamoada ishlash ko’nikmalari yorqin namoyon bo’lib, tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish va ijobiy taassurot qoldirdi.