Saodat jurnali -100 yoshda
16.12.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
#Yangilik
“Saodat” jurnalining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali anjumanda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova so‘zga chiqib, tadbirni rasman ochib berdi hamda “Saodat” — ayollar ovozi" nomli kitobni keng jamoatchilikka taqdim etdi. Ushbu nashr jurnalning bir asrlik tarixida ayol qalbi, tafakkuri va jamiyatdagi faolligini aks ettirgan eng sara maqola va g‘oyalarni jamlagani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirga TIQXMMI-MTU professorlari M.Shaumarova, Z.Ismailova, Z.Xafizova va xotin-qilar psixologi D.Yusupova qatnashdilar.