“Global Technical Volunteering Program” muvaffaqiyatli yakunlandi

15.12.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Janubiy Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti o‘rtasida amalga oshirolayotgan “Leading University Project for International Cooperation (LUPIC) xalqaro loyiha doirasida tashkil qilingan “Global Technical Volunteering Program” dasturiga muvofiq seminar-treninglar Samarqand shahridagi “KOICA” kasbga o‘qitish markazida muvaffaqiyatli yakunlandi.

  Mazkur dasturda universitetimiz “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti Eshchanova Go‘zal, “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi assistenti Alimardon Mustafoqulov hamda talabalar Baxodirbekova Ruxshonaxon, Kurbanbayev Axmad, Xaydarov Shamshodbek va Jumanazarova Shahnoza faol ishtirok etib, koreyalik professorlardan mexatronika va veb-dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egalladilar.

  Dastur yakunida tashkil etilgan tantanali yopilish marosimida barcha ishtirokchilarga Global Technical Volunteering Programni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, ishtirokchilarga KOICA tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

  Mazkur dastur O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.