Nazariya va amaliyot uyg‘unligi
15.12.2025
“Energetika” fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligi)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 301-guruh talabalari uchun “Ishlab chiqarish” amaliyoti 2025-2026-o‘quv yili o‘quv jarayoni jadvaliga asosan korxonalarda 2025-yil 1-dekabrdan 2026-yil 23-martgacha bo‘lgan muddatda haftaning har chorshanba va juma kunlari “4+2” dasturi asosida tashkil etilgan. Ushbu amaliyot muntazam ravishda olib borilmoqda. Navbatdagi amaliyot bo‘yicha talabalar joriy yilning 12 dekabr kuni “O‘ZBEKGIDROENERGO “Toshkent GESlar kaskadi, “Bo‘z suv” GESi”ga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurishdi. Talabalarga “O‘ZBEKGIDROENERGO qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti” o‘qituvchisi K.P.Jalilov amaliyot bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Amaliyot rahbari Ch.Oxunboboyeva tomonidan talabalar mehnat intizomiga va xavfsizlik texnikasiga rioya qilishini nazorat qilindi, amaliyot topshirig‘iga binoan kerakli ma’lumotlarni yig‘ish, individual topshiriq vazifalarini bajarishni tashkil etish nazorati olib borildi. Talabalar amaliyot davomida nazariy bilimlarini mustahkamlab, foydali ma’lumotlarni to‘plashdi.