Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xorijiy grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

13.12.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  Joriy yilning 12-dekabr kuni universitetda Yevropa Ittifoqi bilan ta’lim, kasb-hunarga tayyorlash, yoshlar va sport (Erasmus+ dasturi), tadqiqot va innovatsiyalar (Gorizont Yevropa dasturi) yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilish maqsadida "EU-Uzbekistan: Advancing Joint Research Potential - EU Partnership Day" xalqaro konferensiyasi bo‘lib otdi.

  Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S.Radjabov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi M.Aminova, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Toivo Klaar janoblari, universitet rektori T.Teshabayev, oliy ta’lim muassasalari vakillari, Horizon milliy aloqa punktlari (NCPs), Milliy Erasmus+ ofisi va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

  Konferensiya davomida mutaxassislar tomonidan Erasmus tomonidan e’lon qilinadigan grant dasturlariga hujjat topshirish, Yevropa oliygohlaridan hamkorlar topish, loyiha takliflarini yozish bo‘yicha taqdimotlari qilindi.

  Jumladan, “Tadqiqotlarni boshqarish agentligi” (REA), Tadqiqot dasturi menejeri Dieter Brigitta tomonidan "Horizon Europe: From proposal submission to Grant Agreement signature (Horizon Europe: Loyiha taklifini topshirishdan tortib Grant shartnomasini imzolashgacha bo‘lgan jarayon)", “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi YuNESKOning “Suv diplomatiyasi, suv resurslarini boshqarish va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi professori, Baxtiyor Karimov tomonidan «Hydro4U Project under the previous Framework programme H2020», va Ta’lim va madaniyat bosh boshqarmasi mutaxassisi Sara Tagliabracci tomonidan "Erasmus+" kabi mavzularda taqdimotlar qilinib, ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.