Yer resurslari va kadastr fakulteti talabalari uchun “Muallim” badiiy filmi namoyish etildi

13.12.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

  Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yer resurslari va kadastr fakultetida kino rejissyor Samid Xonning “Muallim” badiiy filmi namoyish qilindi. Tadbir davomida talabalar film orqali o‘qituvchi shaxsining jamiyatdagi o‘rni, ma’naviy va ta’limiy qadriyatlar, insonparvarlik g‘oyalariga oid muhim mazmunlar bilan tanishdilar.

Mazkur namoyish talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.