Malayziyaning Terengganu universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
05.12.2025
Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti hamda Malayziyaning Terengganu universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki universitet prorektorlari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar va magistrlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Mazkur muhim yo‘nalishlar universitet rahbariyati tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqotlarni olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xalqaro akademik munosabatlarni mustahkamlash va qo‘shma ilmiy-innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.