Xalqaro onlayn olimpiadada talabalarimiz g‘olib bo‘lishdi
05.12.2025
Joriy yilning 28-noyabr kuni Turkmaniston Respublikasining Arkadag‘ shahrida joylashgan "Annayev nomidagi xalqaro zotdor otlarni ko‘paytirish akademiyasi" da Turkmaniston Respublikasi Ta’lim vazirligi va "Turkman otlari" davlat assotsiatsiyasi tomonidan xalqaro onlayn olimpiada o‘tkazildi. Onlayn olimpiada "Xalqaro tinchlik va ishonch - iqtisodiy rivojlanishning asosi" mavzusida "Iqtisodiyot", "Boshqaruv", " Yashil iqtisodiyot", Barqaror rivojlanish maqsadlari" kabi fanlari asosida tuzilgan savollar asosida bo‘lib o‘tdi. Xalqaro onlayn olimpiadada Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarusiya, Rossiya, Slovakiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Checheniston, Moldova kabi davlatlardan mingdan ortiq talabalar onlayn ishtirok etdilar. Xalqaro onlayn olimpiadada TIQXMMI MTU talabalaridan "Iqtisodiyot" yo‘nalishi 3-kurs talabasi Azimjonov Muxsinjon va "Iqtisodiyot" mutaxassisligi 2-kurs magistranti No‘monov Fayzullolar muvaffaqiyatli ishtirok etib individual ishtirokchilar nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2chi va 3chi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Onlayn xalqaro olimpiadaga talabalarni "Boshqaruv va turizm" kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Shavqidinova tayyorladi va jalb etdi. Xalqaro olimpiada juda qizg‘in va adolatli o‘tqazildi va unda universitetimiz talabalari o‘z bilimlari natijalarini boshqa millat talabalari o‘rtasida muvaffaqiyatli ko‘rsata oldilar.