Myunxen texnika universiteti professorining onlayn ma’ruzasi
05.12.2025
Joriy yilning 3-dekabr kunida “Boshqaruv va turizm” kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Shavqidinova tomonidan dunyoda 22chi (QS 2026 ranking) o‘rinda turuvchi Myunxen Texnika Universiteti professori Xalqaro TrustNoteD kompaniyasining ta’sischisi va Rahbari Dr. Hermann Straingerning “Iqtisodiyot va biznesda raqamlashtirish: muommolar va imkoniyatlar” mavzusida onlayn ma’ruzasi tashkil etildi. Ma’ruzada universitetimizning professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va talabalari ishtirok etdilar. Ma’ruzada ishtirokchilar quyidagi kabi muhim bilimlarni o‘rgandilar:
Raqamlashtirish bugungi global iqtisodiyotning bosh omillaridan biri bo‘lib, korxonalarning samaradorligini oshirish, bozorni kengaytirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Sun’iy intellekt, raqamli to‘lovlar, bulutli xizmatlar, “katta ma’lumotlar” (Big Data) va IoT kabi texnologiyalar biznes jarayonlarini tez, aniq va qulay boshqarish imkonini bermoqda. Natijada kompaniyalar xarajatlarni kamaytirib, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtiradi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati esa sezilarli yaxshilanadi.
Raqamli iqtisodiyot va biznesning asosiy imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- Avtomatlashtirish va tejamkorlik – qo‘lda bajariladigan ishlar kamayadi, resurslar samarali taqsimlanadi.
- Ma’lumotga asoslangan boshqaruv – raqamli tahlillar orqali aniq prognozlar berish va strategik qaror qabul qilish osonlashadi.
- Elektron tijoratning rivojlanishi – korxonalar internet orqali keng auditoriyaga chiqib, sotuv hajmini oshiradi.
- Innovatsiyalar va startaplar uchun sharoitlar – raqamli muhit yangi biznes modellarini yaratishga imkon beradi.
- Xalqaro bozorga chiqish – raqamli platformalar eksport salohiyatini kengaytiradi.
Shu bilan birga, raqamlashtirishda muammolar ham mavjud. Birinchidan, ko‘plab korxonalarda raqamli ko‘nikmaga ega mutaxassislar yetishmaydi. Ikkinchidan, kiberxavfsizlikning zaifligi ma’lumotlar o‘g‘irlanishi yoki xakerlik hujumlariga olib kelishi mumkin.
Ma’ruza so‘ngida o‘qituvchilar va talabalar ma’ruzachiga ko‘plab qiziqarli savollarni berdilar va ma’ruzachining uzoq va boy tajribalaridan kerakli bilimlarni o‘zlashtirdilar. Ma’ruza munozaraga boy va qiziqarli o‘tdi.