Koreya madaniyati kuni
05.12.2025
3-dekabr kuni universitetimiz madaniyat saroyida Koreya madaniyati kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Koreys tili va madaniyatiga sayohat” nomi ostida tashkil qilindi. Unda ishtirokchilar Koreyaning boy tarixiy merosi, an’analari, milliy qadriyatlari, til o‘rganish madaniyati hamda zamonaviy koreys hayotiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tadbir davomida turli interaktiv mashg‘ulotlar, o‘yinlar, savol-javoblar va ijodiy chiqishlar bo‘lib o‘tdi. Talabalar koreys milliy kiyimlari, taomlari, san’ati va urf-odatlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Umuman olganda, tadbir juda iliq, qiziqarli va o‘quvchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi. Bu sayohat ishtirokchilarda Koreya madaniyatiga yanada chuqurroq qiziqish uyg‘otdi.