“Konstitutsiya – adolat tantanasi” huquqiy-ma’rifiy tadbiri
02.12.2025
#Ma`naviy va tashkiliy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 noyabrdagi F-60-son Farmoni 46-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida huquqiy-ma’rifiy uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori Xolmuminov Jumazar Toshtemirovich, shuningdek Universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Choriyev Ro‘zımurat Kungratovich ishtirok etdilar.
Ma’ruza davomida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, adolat va qonun ustuvorligining taraqqiyotdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.