Turkiya universiteti bilan xalqaro hamkorlik va ilmiy tajriba almashinuvi
02.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yilda tashkil qilingan “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari” tanlovda g‘olib bo‘lgan “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi PhD., dotsenti, Babajanov Farruhbek hamda “Umutexnik fanlar” kafedrasi assistenti Xaliqulov Muzaffarlar 2025-yil 24-noyabrdan 2025-yil 24-dekabrgacha Turkiya davlatining Balikesir shahridagi “Balikesir” universitetida bir oylik ilmiy stajirovka o‘tashmoqda.
Mazkur ilmiy stajirovkadan maqsad, qishloq xo‘jaligi suv resurslarini boshqarishda, suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarni loyihalashning dasturiy ta’minotini o‘rganish hamda mexanik ishlov berishning zamonaviy usullari bilan tanishish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy malakaga ega bo‘lish.
Ushbu xalqaro stajirovka “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish uchun muhim omillardan hisoblanadi. Hamkorlik natijasida, yosh olimlar uchun yangi ilmiy g‘oyalar, amaliy ko‘nikmalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar shakllanishiga imkon yaratiladi.