“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti delegatsiyasining Technische Hochschule Ingolstadtga tashrifi yakunlandi

02.12.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Saloxiddinov va Energetika fakulteti dekani D. Qodirov Germaniyaning Technische Hochschule Ingolstadt (THI) universitetida 24–29 noyabr kunlari o‘tkazilgan “RE.Act: A water-energy nexus Partnership for Higher Education in Central Asia” loyihasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif davomida quyidagi faoliyatlar amalga oshirildi:

  • 🔹 “Doctoral Day” doirasidagi muhokamalarda qatnashildi;
  • 🔹 THI kampusi va uning infratuzilmasi bilan tanishildi;
  • 🔹 THI magistratura talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etildi;
  • 🔹 THI va TIIAME doktorantlari tomonidan ilmiy ishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi;
  • 🔹 “Solar Module” o‘quv materiali takomillashtirildi hamda ta’lim dasturlari mehnat bozori talablariga moslashtirildi;
  • 🔹 IN Campus (Audi) sanoat majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi;
  • 🔹 Poing/Grub hududida joylashgan Agri-PV qurilmasining amaliy tajribasi o‘rganildi;
  • 🔹 Universitetlar o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar, kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari va amaliy loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

  Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga, ta’lim va ilm-fan sohalarida yangi tashabbuslar hamda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.