Karyera sari ilk qadam - Turkiyaning “Temelsu international engineering inc.” Xalqaro muhandislik konsultativ kompaniyasining vakillari tashrifi

02.12.2025

#Xalqaro hamkorlik #Yangilik

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qaroridagi vazifalarni bajarish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2025 yil 1 dekabr bitiruvchilarning intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda ishga joylashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

  “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi taklifiga asosan tadbirga Turkiyaning “Temelsu International Engineering Inc.” Xalqaro muhandislik konsultativ kompaniyasining vakillari tashrif buyurishdi. Tadbir davomida “Temelsu International Engineering Inc.” Xalqaro muhandislik konsultativ kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Bahodir Boz hamda kompaniyaning irrigatsiya va melioratsiya masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Baran Güç ishtirokida “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda talablarga kompaniya tomonidan suv xo‘jaligi sohasida jahon miqyosida hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va ulardagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shu jumladan, ishga kirish niyati bo‘lgan talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar ham aytib o‘tildi. 

  Talabalar tomonidan ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javob tariqasida suhbat o‘tkazildi va o‘z yashash manzili bo‘yicha ishga joylashmoqchi bo‘lgan talabalar jamiyat mas’ul vakillariga murojaat qilishi va keyingi qadamlarni belgilab olishi tavsiya etildi. 

  Tadbir qiziqarli va mazmunli o‘tdi. 

GIM kafedrasi mudiri B.X.Norov ma’lumoti