“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha TOP-15 talik tashkilotlar qatoridan joy oldi!
26.11.2025
🔹 Tadbirda universitetimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sh. Shokirov, shuningdek, GMTF kafedrasi professor-o‘qituvchilari va magistrlari faol ishtirok etdilar.
📊 Forumda ilmiy tashkilotlarning 2020–2025-yillardagi ilmiy faolligi, nashrlar ko‘rsatkichlari va xalqaro ilmiy resurslardan foydalanish bo‘yicha statistik tahlillar taqdim etildi.
🤝 Tadbir davomida tadqiqotchilar faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy ekotizim samaradorligini oshirishga doir ustuvor masalalar muhokama qilindi.
🏆 Forum yakunida Springer Nature resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yuqori natijaga erishgan TOP-15 tashkilot munosib ravishda taqdirlandi. Ular orasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining munosib o‘rin egallashi universitetimiz uchun katta yutuqdir!