“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi: IELTS Hamkorligi yanada mustahkamlanmoqda!
22.11.2025
Joriy yilning 21 noyabr sanasida Toshkent shahridagi Radisson Blu mehmonxonasida Yillik IELTS Hamkorlik 2025 tadbirida “TIIAME” Milliy Tadqiqot Universiteti vakillari faol ishtirok etdi!
📌 Tadbir Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilib, universitetlar, til markazlari va oliy ta’lim muassasalar vakillari bilan IELTS xalqaro imtihoniga tayyorgarlik, ingliz tili ta’limi va xalqaro standartlarni oshirish masalalari muhokama qilindi.
🎤 Mazkur tadbirni Britaniya Kengashi direktori Michael Houlgate tomonidan ochib berilib, unda IELTS xalqaro imtihoni, hamkorlar faoliyati, xalqaro hamkorlik va ingliz tili ta’limi sifatini oshirishning ahamiyati haqida ma’lumot berib o‘tildi.
“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti vakili sifatida dotsent Go‘zal Eshchanova faol ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, universitetda tashkil etilgan, “English as a Medium of Instruction” xalqaro loyiha doirasidagi Britaniya Kengashi tomonidan tashkil qilingan “Professional Rivojlanish Markazi” faoliyat yuritayotganligi, universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari Britaniya Kengashining IELTS Ready Premium platformasi, Mock IELTS va Pre-Tests kabi imkoniyatlari orqali xalqaro imtihonga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
Shuningdek, universitetimizning 11-binosida Britaniya Kengashining IELTS (Full exam-Speaking, Listening, Reading and Writiing), UKVI va ACCA imtihonlarini topshirishlariga yaratilgan imkoniyatlar nafaqat Toshkent shaxridan ,balki barcha viloyatlardan tashrif buyuruvchi test topshiruvchilarga qulaylik yaratmoqda.
Britaniya Kengashi va “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida barcha talabalarimizni xalqaro imtihonlarga keng qamrovli tayyorlash va mintaqada ingliz tili bilimini rivojlantirish imkoniyatlari yanada mustahkamlanib borayotgani barchamizni xursand qiladi.
🌐 Ushbu tadbir “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi hamkorligini yanada mustahkamlash, talabalarni xalqaro akademik va kasbiy imkoniyatlarga tayyorlash, shuningdek, yuqori sifatli ingliz tili ta’limini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.