Korrupsiyaning talim sifatiga ta’siri va uning oldini olishda pedagoglarning o‘rni
21.11.2025
"O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.U.Gapparov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i N.Eshpulatov,Xodimlar bo‘limi boshlig‘i R.Fayzullaev, “Iqtisodiyot” fakulteti dekani U.Alimov va kafedra professor o‘qituvchi xodimlari ishtirokida universitetida ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Korrupsiyaning ta’lim sifatiga ta’siri va uning oldini olishda pedagoglarning o‘rni” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uchrashuv davomida pedagoglar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish, raqamli baholash tizimlaridan foydalanish va ta’lim muassasasida sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.