Xitoyning "ATI TECH-SERVICES - avtosanoat kompaniyasi Rahbari Janob Zhū Míng bilan uchrashuv tashkil etildi.

21.11.2025

#Ma`naviy va tashkiliy #Yangilik

📣 "Iqtisodiyot" kafedrasi tashabbusi bilan bitiruvchi kurs talabalarini mehnat bozoriga tayyorlash va ishga joylashtirish maqsadida Xitoyning "ATI TECH-SERVICES - 有限责任公司在" avtosanoat kompaniyasi Rahbari Janob Zhū Míng bilan uchrashuv tashkil etildi.

2025-yil 21-noyabr sanasida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Xitoyning "ATI TECH-SERVICES - 有限责任公司在" avtosanoat kompaniyasi Rahbari Janob Zhū Míng ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎯 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalarga "ATI TECH-SERVICES - 有限责任公司在" avtosanoat kompaniyasi, sohadagi mavjud o‘zgarishlar, malakali kadrlarga bo‘lgan talab haqida ma’lumotlar berish hamda talabalarni ishga qabul qilish va stajirovkalarni tashkil etishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. 

📊 Shuningdek, Uchrashuv davomida: 

  • - talabalarga avtosanoat sohasi va kompaniyada ishga joylashishdan oldin talab qilinadigan ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi;
  • - bitiruvchilarni kompaniyada ish bilan ta’minlash masalasi;
  • - kompaniyada talabalar amaliyotlarini tashkil etish masalasi;
  • - talabalarning kompaniyada haq to‘lanadigan stajirovkalar o‘tashini tashkil etish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

✅ Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, bitiruvchi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.